O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-sonli qarori bilan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat ish beruvchilar zimmasiga qator yangi majburiyatlarni yuklaydi.
1. Tizim va xizmatlarni joriy etish majburiyati Nizomga ko‘ra, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, ish beruvchilar o‘z tashkilotlarida quyidagilarni tashkil etishi shart:
- Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi;
- Mehnatni muhofaza qilish xizmati;
- Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (tegishli faoliyat turlari uchun).
2. Xodimlarni o‘qitishning yangi standartlari Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish endilikda quyidagi bosqichlarni qamrab olishi kerak:
- Kirish yo‘l-yo‘rig‘i va ish joyidagi yo‘l-yo‘riqlarni o‘tkazish;
- Ish joyida stajirovka o‘tash va bilimlarni tekshirish;
- Muhim: Xodimlarni baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishga o‘rgatish.
3. 20-yanvargacha bajarilishi shart bo‘lgan talab Raqamlashtirish talablariga ko‘ra, ish beruvchi har yili 20-yanvarga qadar Yagona milliy mehnat tizimi (YAMMT) IDAKga quyidagi ma'lumotlarni kiritishi shart:
- Tashkilotdagi mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
- Zararli va xavfli omillar mavjud bo‘lgan sharoitlarda ishlaganlik uchun to‘langan imtiyoz va kompensatsiyalar summasi;
- Baxtsiz hodisalardan jabrlanganlar va kasb kasalligi 1-marotaba aniqlangan shaxslar soni.
4. 3 bosqichli nazorat tizimi Tashkilotlarda ma'muriy-jamoatchilik nazorati quyidagi tartibda qat'iy amalga oshirilishi belgilandi:
- 1-bosqich: Bo‘linma va bo‘limlarning uchastkasi, smena yoki brigadada;
- 2-bosqich: Bo‘linma, bo‘lim, ishlab chiqarish yoki tashkilot uchastkasida;
- 3-bosqich: Umumiy tashkilot miqyosida.
Agar sizga ushbu yangi talablarni korxonangizda joriy etish yoki hujjatlarni rasmiylashtirishda yuridik yordam kerak bo‘lsa, bizning mutaxassislarimizga murojaat qiling.